Huawei 1
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Oybek Elmuratov Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

Oybek Elmuratov 1999-yilda Toshkent moliya institutini tamomlab, mehnat faoliyatini “O‘zmilliybank” Loyihani moliyalashtirish markazi mutaxassisi sifatida boshlagan.

Keyinchalik Moliya vazirligida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, ushbu vazirlikning Yo‘l jamg‘armasi boshlig‘i o‘rinbosari, BMTning O‘zbekistondagi loyiha menejeri, “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi departamenti boshlig‘i, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida boshqarma boshlig‘i kabi qator masʼul vazifalarda mehnat qilgan.

Oybek Elmuratov tayinlovga qadar Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101522 | Инструменты