O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarori bilan Favqulodda vaziyatlar vaziriga 3 nafar o'rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xzimati xabar qildi.
Qayd etilishicha, polkovnik Alibayev Xurshid Narkazakovich Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Alibayev Xurshid Narkazakovich 1982-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2003-yili O‘zbekiston Milliy universitetini, 2015-yili Rossiya Federatsiyasi Fuqaro muhofazasi akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Shuningdek, polkovnik Zuparov Sanjar Taxirovich Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Zuparov Sanjar Taxirovich 1975-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yili O‘zbekiston IIV Yong‘indan saqlash oliy texnik maktabini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Shu bilan birga, polkovnik Muxitdinov Muxtar Yashnarovich Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Muxitdinov Muxtar Yashnarovich 1973-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yili Toshkent davlat texnika universitetini, 2004-yili O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21122 | Инструменты