Huawei 1
Gulistonga Xitoydan 8 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Sirdaryo viloyati hokimligi xabariga ko'ra, prezidentning «Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida joriy yil yakuniga qadar viloyatimizda jamoat transporti parklari 40 ta yangi avtobuslar bilan to‘ldirilishi rejalashtirilgan.

Dastlabki bosqichda «Uchlik Ishonch Savdo» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Xitoyning Yutong Bus kompaniyasida ishlab chiqarilgan 8 ta ekologik toza, har tomonlama qulay va zamonaviy bo‘lgan ZK6890HG rusumli yangi avtobuslar olib kelindi.

21-sentabr kuni ularni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Transport vazirligi masʼullari, tadbirkorlar, nuroniylar, deputatlar, OAV vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Yig‘ilganlar avtobuslarning texnik xususiyatlari va qulayliklari bilan tanishdi. 26 o‘rindiqli yangi jamoat transporti iqlimimizga mos sovitish va isitish vositalari, shuningdek, “GPS” tizimi va maxsus videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Salonda elektron to‘lov tizimini amalga oshirish qurilmasi ishlaydi.

Avtobuslarning viloyat markazidagi yo‘lovchilar oqimi yuqori bo‘lgan, shuningdek, bir qator yangi yo‘nalishlarda qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Natijada mavjud yo‘nalishlardagi qatnovlarning oraliq vaqti qisqaradi. Qolaversa, shaharning ichki sayyohlik jozibadorligi oshadi. Bundan tashqari 10 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92223 | Инструменты