Huawei 1
"G'uzor tandir go‘shti" - geografik ko'rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining ko‘magi bilan joriy yilning 8-yanvar kuni “G'uzor tandir go'shti” geografik ko‘rsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyatida birinchi bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ushbu geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma uning egasi, ya’ni G‘uzor tuman hokimligiga guvohnomada ko‘rsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini beradi.

 Xulosa qilib aytganda, geografik ko‘rsatkichlar sonini oshishi hududlarga turistik oqimining ko‘payishiga, “gastronomik turizm”ni rivojlantirishga va umuman, hududlarning turistik jozibadorligini oshirishga yordam beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42821 | Инструменты