Huawei 1
Hafta davomida havo sovib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Sentyabr oyining oxirgi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, harorat +26… +29 daraja, ba’zi joylarda +31 darajagacha bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

1–2 oktyabrda respublikaning barcha hududlariga Qozog‘istondan salqin va nam havo kirib keladi. 1 oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Navoiy, Toshkent viloyati shimolida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

2 oktyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 3 oktyabrda faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.

Harorat foni 1–2 oktyabrda kechasi 8–10 darajaga pasayadi. Kechasi va ertalab termometr ustuni +8… +13 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari esa havo harorati +18… +23 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Respublika shimolida harorat kechalari +4… +9 darajagacha, kunduz kunlari +15… +18 darajagacha pasayadi.

3 oktyabrda respublika hududining katta qismida kunduzgi harorat 2–3 darajaga ko‘tariladi. Respublika janubida bunday iliq ob-havo 1 oktyabrgacha saqlanib turadi, 2–3 oktyabrdan esa harorat +20… +25 darajagacha pasayadi.

O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida 28–30 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1 oktyabrda kechasi va ertalab, 2 oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 3 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 10–12 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

Harorat 29–30 sentabrda kechasi +15… +17 daraja, kunduzi +26… +29 daraja bo‘ladi. 1–2 oktyabrda harorat kechalari +8… +11 darajagacha, kunduz kunlari +18… +21 darajagacha pasayadi. 3 oktyabrda kechasi +8… +11 daraja, kunduzi +22… +24 daraja bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92916 | Инструменты