Huawei 1
Eron Yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasidan chiqishga tayyorlanmoqda

Eron parlamenti mamlakatning Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan (NPT) chiqishini nazarda tutuvchi qonun tayyorlamoqda. Iyun oyida Isroil va AQShning Eron yadro inshootlariga bergan zarbalari va YI3 (Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya) tomonidan BMT sanksiyalari qayta tiklanganidan keyin Tehron parlamenti mamlakatning NPT aʼzoligida davom etishi uchun hech qanday sabab koʻrmayapti, deya ogohlantirdi parlament xavfsizlik qoʻmitasi matbuot kotibi Ibrohim Rizoiy. Uning 29-sentabr, dushanba kungi bayonoti Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga (IRGC) aloqador Tasnim axborot agentligiga tayanib.

Rizoiyning soʻzlariga koʻra, NPTdan chiqish boʻyicha 15 ta qonun loyihasi taqdim etilgan va ulardan biri allaqachon ishlab chiqilgan. Biroq hujjat hali Eron parlamentining rasmiy kun tartibiga kiritilmagan. Rizoiyga ko‘ra, buning amalga oshishi uchun parlament a’zolari hali ham “konsensus”ga kelishi kerak. Eron parlamentida prezident Masud Pezeshkianning diplomatik kursini keskin tanqid qilgan qattiqqo‘l tarafdorlar ko‘p. U va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi NPTdan chiqishga qarshi va BMT sanksiyalari tiklanganidan keyin ham diplomatik yechim ustida ishlashda davom etishlarini bildirishmoqda.

Eron konstitutsiyasiga ko‘ra, strategik masalalarda so‘nggi so‘z Oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiyga tegishli. Kuzatuvchilarning fikricha, NPTdan chiqish to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinishidan oldin ma’qullanishi kerak, deya xabar beradi dpa.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92917 | Инструменты