2025-yil 24-sentabr kuni ICTWEEK Uzbekistan 2025 axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yirik tadbir mobaynida "Raqamli ta’limda Sun’iy Intellekt" ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida Huawei kompaniyasi Huawei CT Academy negizida Sun’iy Intellektni o‘rganish bo‘yicha kurslarni taqdim etdi, Huawei ICT Competition 2025-2026 musobaqalariga ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini e’lon qildi, shuningdek, O‘zbekistonda yuqori malakali kadrlar va AKT iste’dodlarini tayyorlash uchun ta’lim sohasini raqamlashtirish bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etdi.
Innovatsiyalarning o‘sishi va ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishi sanoat va raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda. Ta’lim sohasida bulutli texnologiyalar, 5G, narsalar Interneti, Sun’iy Intellekt yangi ekotizimni yaratishga va intellektual ta’limni rivojlantirishni jadallashtirishga yordam beradi: Sun’iy Intellekt bo‘yicha asosiy bilimlarni ommalashtirish, intellektual o‘qitish va ta’lim berish, intellektual baholash tizimi va o‘zlashtirishni tahlil qilish, sun’iy intellektni ilmiy tadqiqotlarda qo‘llash va ta’lim muassasalari kampuslarini professional boshqarish.
Ta’lim sohasini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Huawei kompaniyasi "1+3" yondashuvi bilan barcha ssenariylar (All-scenario) uchun yechimlarni ishlab chiqdi, bunda "1" iste’dodlarni tayyorlash va rivojlantirishga ishora qiladi, "3" esa Sun’iy Intellekt, bulutli hisoblash, katta ma’lumotlar, 5G asosidagi texnologiya va yechimlarni yaratish uchun "aqlli" sinflar, "aqlli" kampuslar va ta’lim muassasalarining tadqiqot salohiyatini oshirishni anglatadi.
Forumdagi nutqida "AKT innovatsiyasini ta’minlovchi kompaniya sifatida biz ertangi kunning raqamli iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti uchun zamin yaratishga intilamiz. Zamonaviy ta’lim moslashuvchan, interaktiv va intellektual bo‘lishi kerak. Agar bizga sun’iy intellekt uchun iste’dod kerak bo‘lsa, ularni rivojlantirish uchun sun’iy intellektdan foydalanishimiz kerak", dedi Aleksandra Nabiyeva, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha menejer. — Texnologiyaning jadal o‘sishi soha uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. AKT sanoati vakillari iste’dodlarning yetishmasligi va universitet bitiruvchilarini ishga qabul qilishda amaliy bilimlarni oshirish va o‘qitish zaruratiga duch kelishmoqda. Shuni inobatga olgan holda, kompaniyamiz iste’dodlarni rivojlantirish va soha talabalari va mutaxassislarining raqamli ko‘nikmalarini oshirish uchun bir qator dasturlarni amalga oshirmoqda.»
Ushbu dasturlardan biri Huawei ICT Academy bo‘lib, u talabalar va universitet o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan keng qamrovli o‘quv dasturini taklif etadi. Huawei ICT Academy butun dunyo bo‘ylab 3000 ta universitetda faoliyat yuritmoqda, shu kungacha 1,3 million iste’dod o‘qitildi. AKT Akademiyalari talabalari uchun 22 ta texnik yo‘nalish, shuningdek, mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish uchun sanoat sertifikatini olish imkoniyati mavjud. AKT Akademiyalari o‘qituvchilari va instruktorlari uchun va o‘quv dasturiga integratsiya qilish uchun AI o‘quv materiallarining to‘liq to‘plami ochiladi.
Forumda Huawei kompaniyasi uchta asosiy modulda Sun’iy Intellekt texnologiyalarini o‘rganish bo‘yicha AKT akademiyasining trenddagi kurslarini taqdim etdi:
Forum davomida Huawei har yili o‘tkaziladigan ICT Competition 2025-2026 tanlovi boshlangani e’lon qildi. 2025-yil 24-sentabrdan boshlab Huawei ICT Academy bilan hamkorlik qilayotgan O‘zbekistonning 15 ta Oliy o‘quv yurtlari talabalari ro‘yxatdan o‘tishlari va tarmoq texnologiyalari, bulutli hisoblash va sun’iy intellekt kabi ilg‘or texnologiyalar mavzusida amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari, seminarlar va ma’ruzalardan foydalanishlari mumkin. Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi: milliy, mintaqaviy va global. O‘tgan yili TATU va Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Saudiya Arabistonidagi mintaqaviy finalda ishtirok etishdi. Joriy yilning may oyida esa TATU jamoasi global finalda debyut qildi hamda Xitoyning Shengchjen shahrida uchinchi o‘rinni egalladi.
Raqamli ta’lim islohotlarini faol qo‘llab-quvvatlagani va sektorni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Huawei kompaniyasi raqamli texnologiyalar vazirligi va raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan "Raqamli ta’limning ishonchli hamkori" sifatida taqdirlandi.
Shuningdek, 2025-yil 24-sentabrda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 70 yilligini nishonlash mobaynida "aqlli" ta’lim konsepsiyasi asosida Huawei ICT Academy o‘quv kabinetining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) Telekommunikatsiyalarni rivojlantirish byurosi (BDT) direktori doktor Kosmos Zavazava ochilish marosimida ishtirok etdilar. Mehmonlar ta’lim sohasini raqamlashtirishga ko‘maklashuvchi yechimlar taqdimoti va o‘quv xonasida tashkil etilgan laboratoriya infratuzilmasi bilan tanishdilar.
2025-yil 23-sentabrdan 26-sentabrgacha O‘zbekistonda ICTWEEK Uzbekistan 2025 axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida keng ko‘lamli tadbir bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ICTWEEK va AKT hamjamiyatining faol ishtirokchisi sifatida 2025-yil 24-sentabrda Huawei kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi va "IT ta’lim uyushmasi" NNTning tashkiliy ko‘magida "Huawei Digital Economy Forum 2025" tadbirini o‘tkazdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92917 | Инструменты