Huawei 1
Toshkent viloyatida shifoxonalarda davolanayotgan bolalar soni 38 nafarni tashkil etmoqda

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda zaharlangan bolalarning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 29 sentabr soat 12:00 holatiga shifoxonalarda davolanayotgan bolalar soni 38 nafarni tashkil etmoqda.

Ularning ahvoli barqaror, kasallik yengil shaklda kechmoqda. Og‘ir yoki asoratli holatlar qayd etilmagan. Barcha tarbiyalanuvchilar shifokorlarning doimiy nazoratida.

Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Davolash jarayoni respublika darajasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida tashkil etilgan.

Qayd etilishicha, ota-onalarga bolalar salomatligi to‘g‘risida muntazam ravishda axborot berib borilyapti. Yaqin kunlarda qolgan bolalar ham sog‘lom holatda uylariga javob berilishi kutilmoqda. 

"Eng muhim jihat, vaziyat to‘liq barqaror. Sog‘ayish jarayoni ijobiy dinamika bilan davom etyapti. Davlat organlari va tibbiyot muassasalari ushbu holatni doimiy nazorat ostida ushlab turibdi", dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92917 | Инструменты