Huawei 1
Harbiy xizmatchilarni moddiy javobgarlikka tortish masalalari qayta ko‘rib chiqilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar “Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdi

Ushbu qonun loyihasi bilan amaldagi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilangan harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligiga oid normalarga oydinlik kiritilib, mazkur masala yuzasidan yaxlit qonun hujjatini qabul qilish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, loyihada harbiy xizmatchilarni moddiy javobgarlikka tortish asoslari, harbiy xizmatchilarning cheklangan yoki to‘liq moddiy javobgarligi masalalari, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash tartib-taomillari, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi kabi muhim normalar aniqlashtirilmoqda.

Deputatlar qayd etganidek, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi Qurolli Kuchlarda qonuniylikni ta’minlash hamda qonunga hurmat ruhini qaror toptirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91915 | Инструменты