O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev boshchiligidagi delegatsiya Dehlidagi Janubiy Osiyo mamlakatlari turizm yarmarkasi – SATTEda ishtirok etish uchun Hindistonda bo‘ldi.
Tashrif doirasida Umid Shodiyev Hindiston turizm vaziri Gaendra Singh Shekhavat bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot jarayonida sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro miqyosdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, turizm bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ipak yo‘li bo‘ylab qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini yaratish, turizmning yangi turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Hindiston kinostudiyalari O‘zbekistonda filmlar suratga olish uchun taklif qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22417 | Инструменты