Huawei 1
“Hokim aktivistlik qilmoqda” — Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov do‘konda o‘tkazgan “reyd” jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning do‘konlardan birida o‘tkazgan “reyd” o'tkazgani haqida xabar qilingan edi. Unda hokim yashikdagi mevalar ayniganini aytib, tadbirkor va atrofidagi ishchi guruh vakillariga tanbeh bergan. Bu holat jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi.

Xususan, jurnalist Anora Sodiqova hokim kolxoz rahbari emasligini, tadbirkor bilan qo‘pol muomala qilish unga yarashmasligini aytib o‘tgan.

“O‘zbekiston poytaxti bo‘lgan Toshkent hokimining muomalasini qarang: Byahke, nima bu? Qaqqa qaravossan? Umuman, hokimning MCHJ egasiga yoki sotuvchiga shunday muomala qilishga, mahsulotini olib qo‘pollik bilan uloqtirishga haq-huquqi bormi? Aslida, biz hokimga Toshkentga qarayapsanmi o‘zi, deb o‘dag‘aylashga haqlimiz. U biz uchun xizmat qilishi kerak. Shuning uchun ham soliqlar to‘layapmiz”, deb yozgan jurnalist.

Bloger Nurbek Alimov Telegram’dagi kanalida hokim “reyd”i bo‘yicha o‘z mulohazalarini yozib qoldirdi.

“Toshkent shahar xokimi aktivistlik qilmoqda. Shu hokimimiz elektrosetlarga borib reyd qilsa, svet o‘chganda “avariya bo‘ldi”, deb boshqa umuman maʼlumot bermaydigan TETKlarga borib “qayerda rostan ham avariya bo‘ldi, qayerda shunchaki tejashyapti”, deb reyd qilib yursa bo‘lardi. Nu albatta chirigan o‘rik reydi ham muhim, lekin odamlarning, xalqning ham chirigan o‘rikni olish yoki olmaslikka yetadigan o‘z kallasi bor. Avtobuslarga chiqib olib, jamoat transportidagi muammolarni o‘rgansin. Yo‘llarda piyodalarga qanday sharoit borligini bilish uchun piyodaga aylanib olib reyd qilsin. Jahl bilan yashikchani irg‘itib, nima bu deyish esa shaxsan menga zabavno tuyuldi”, deya qayd etgan bloger.

Video to‘g‘risida fikr bildirarkan, bloger Umid G‘ofurov shaharda boshqa muammolar ham borligini esladi.

“Toshkent shahar hokimi shaxsan do‘konma-do‘kon yurib chirigan meva bor–yo‘qligini tekshiryapti ekan. Shahar hokimini rejalarida: asfalt qilinmagan yo‘llar va beton qilinib dabdalasi chiqqan trotuarlar, yo‘l o‘tkazgichlarida ishlamaydigan liftlar, o‘rnatilmagan chiqindi chelaklar, ishlamaydigan drenaj tizimi va yana +100500 ta o‘z zimmalaridagi muammolarni tekshirish bormikan? Bizda tizim umuman ishlamasligini yaqqol misoli bu. Istagan joyga borib 1000 ta qoidabuzarlik topish mumkin. Kerak bo‘lsa, o‘sha davlat idoralarida ham. “Yong‘in xavfsizligi qayerga qarayapti” degan hokim hayot uchun xavfli bo‘lgan davlat idoralari binolariga kirmaganligi aniq. Poliklinikalardan tortib, mahalla yig‘inlarigacha. Kirishga qo‘rqadi odam”, deb yozdi u.

Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev Telegram kanaliga mazkur videoni joylab: “Toshkent shahar hokimi do‘konda. Tadbirkor sindiyov”, deya post qoldirgan.

Jurnalist Muhrim Aʼzamxo‘jayev “Yunusobodda shu chirigan o‘rik va olmadan ham boshqa, kattaroq muammolar bor edi lekin”, deya fikr bildirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100617 | Инструменты