Asrorjon Akramovich Asqarov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Asrorjon Asqarov kompaniya raisining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Asrorjon Asqarov 1978 yilda tug‘ilgan. 2001 yilda Farg‘ona politexnika institutini, 2008 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2009 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122119 | Инструменты