O‘zbekistonning HUMO Air loukoster aviakompaniyasi 10 martdan mahalliy qatnovlar to‘xtatilishini ma’lum qildi.
«Aviakompaniyani Qozog‘iston, BAA, Turkiya, Xitoy, Qatar va Ozarboyjon kabi davlatlarga xalqaro reyslarni amalga oshirishga tezkorlik bilan tayyorlash maqsadida 10 martdan boshlab O‘zbekiston ichidagi ichki reyslarni vaqtincha to‘xtatadi», deyiladi xabarda.
HUMO Air vakilining ta’kidlashicha, 2024 yil aprel oyida xalqaro yo‘nalishlar ochiladi, aviachiptalar narxi esa past darajada ushlab turiladi.
Qayd qilinishicha, mahalliy yo‘nalishlardagi ikki oylik reyslar davomida loukoster O‘zbekiston bo‘ylab 100 mingdan ortiq yo‘lovchini tashigan va bu uning «xorijiy yo‘nalishlarni ochishga to‘liq tayyorligini tasdiqlaydi».
Alpha version: 0.9.1.19 build 22201 | Инструменты