Huawei 1
III xalqaro Ekologiya va turizm yoshlar qurultoyi 1000 nafar yoshlarni birlashtirdi

Ekologiya va turizm boʻyicha 3-xalqaro qurultoyi doirasida ishtirokchilar uchun turli tadbirlar ham tashkil etildi. Ulardan biri eng yaxshi eko-loyihalarning taqdimoti bo‘lib, unda yoshlar mamlakatdagi ekologik muammolarni hal etish bo‘yicha o‘z loyihalari bilan qatnashdi. Jumladan, Toshkent shahridan tashrif buyurgan ishtirokchi tabiatga katta zarar yetkazadigan battareykalar bilan kurashish bo‘yicha o‘z yechimlarini taqdim etdi. 

Shuningdek, turli viloyatlardan kelgan ishtirokchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etildi. Yoshlar ekologiya va turizm bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi va bir-birlari bilan yaqindan tanishdi.

Xorijlik ishtirokchilar ham kongress davomida tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etishdi. Ulardan biri Birlashgan Millatlar Tashkiloti modeli bo‘yicha tabiatni muhofaza qilish borasida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi va bu borada boshqa mamlakatlar tajribasini o‘rgandi.

Umuman olganda, ushbu qurultoy yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni ekologiyaga keng jalb etish, bu boradagi innovatsion g‘oya va loyihalarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91801 | Инструменты