Huawei 1
IIV: Ichki ishlarda pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish haqidagi xabarlar yolg‘on

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. 

Ushbu xabarlar yuzasidan Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati izoh berdi

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi "Harbiy xizmatchilarning pensiya taʼminoti to‘g‘risida"gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3413-son qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimning xizmat muddati kalendar hisobda 20 yilga yetganidan so‘ng, o‘tagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Hozirgi kunda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan normativ huquqiy hujjatlarga pensiya olish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish bo‘yicha taklif yoki qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91803 | Инструменты