Huawei 1
"Inglizcha? No problem". Til o‘rganishda yo‘l qo‘yadigan xatoliklar va ularning yechimlari bayon etilgan kitob haqida

Ko'pchilik xorijiy til o'rganishni juda xohlaydi. Hatto boshlaydi ham. Boshida shijoat juda yuqori bo'ladi. 0 dan boshlab o'rganishga qattiq kirishadi. Boshlang'ich kitoblarini, lug'atlarini sotib oladi. Audio va video fayllarini ko'chirib oladi. Yangi qalin daftar, bloknot olib, sekin o'rganishni boshlaydi. Bir hafta, 10 kun, 20 kun, bir oy, ... boringki, 2 oy shunday harakat qiladi. Keyin esa, sekin sekin shijoat so'nib boradi. Go'yoki, mavzular tushunarsiz bo'lib borayotgan dek tuyiladi. Bora bora, (turli baholar sabab) til o'rganishni to'xtaib qo'yadi.

Sizda ham shunaqa bo'lgan-a? To‘g'rimi?

Xo'sh, nega unday bo'ladi?

Bunga sabab, til o'rganishda, o'zimiz bilmagan holda xato yo'ldan boramiz. Grammatikaga qattiq "yopishib" olamiz, va yana lug'at yodlashga o'zimizni majburlab, bezdirib qo'yamiz.

Unda nima qilish kerak? Qanday usulda til o'rganish kerak?

"Inglizcha? No problem" kitobi aynan shu haqda. Kitobda, til o'rganishda biz qo'llaydigan xato yo'llar haqida. Va qanday uslubda o'rgansa, tilni oson o'zlashtirish haqida.

Ushbu kitob, badiiy, sarguzasht uslubda yozilgan bo'lib, “Tushunaman, ammo so‘zlasha olmayman” kitobining mantiqiy davomidir. Asar Qahramoni Ilker ham, sizu bizga o'xshagan, til o'rganishni juda xohlagan, ammo o'rgana olmayotgan bolakaydir. U aynan til o'rganishdagi xatoliklar mavzusida tadqiqot olib borayotgan Hasanbey ismli professor o'qituvchi bilan tanishib qoladi. O'qituvchi uchun ham bu tanishuv ayni muddao edi. Chunki, ilmiy ishida, aynan Ilkerga o'xshagan til o'rgana olmayotgan bolalar bilan tadqiqot qilishi lozim edi.

Asar 13 qismda iborat bo'lib, har bir qismda Ilker va Hasanbeyning o'zaro til o'rganish ustidagi suhbati bayon etilgan. Yana bir muhim foydali jihati, har bir qism so'nggida, Hasanbeyning Ilkerga til o'rganish uchun amal qilishi lozim bo'lgan qoidalari alohida ajratib kiritilgan. Ya'ni tagiga chizib o'qiladigan foydali ko'rsatmalari alohida ajratib ham berilgan. Bu qoidalarni har bir kitobxon ham alohida ko'chirib olib, amal qilsa, til o'rganish uchun juda foydali bo'ladi. O'sha qaydlardan namuna keltiraman:

BIRINCHI KUN QAYDLARI

Ingliz tili qog'ozdagi bo'sh joylarni to'ldirish bilan o'rganilmaydi.
Muhimi yangi o'rganilgan so'zlarni gapda qo'llash emas, balki hayotda qo'llay olishdir!
Ishga kirish maqsadidagi suhbat jarayonida hech ham "Tushunaman, lekin gaplasha olmayman" dema! Ish bermaydi.
Barcha til oʻrganish qobiliyati bilan tug'iladi. Bunday bo'lmaganida edi, hech kim ona tilini oʻrgana olmagan bo'lar edi.
Ingliz tili juda qiyin til emas! Kvant fizikasini o'rganmayapsan, tinchlan!
Chet tilini o'rganishdagi bitta xato o'nlab toʻgʻri javoblarni olib keladi.
Til muloqot qilish uchun kerak. Grammatikaga bogʻlanib qolma!

Kitobda, xuddi shunday 13ta qism uchun, 13ta qaydlar mavjud. Ushbu kitobni, til o'rganishni istaydigan barcha kitobxonlarga tavsiya qilaman.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101000 | Инструменты