Huawei 1
Istanbulga borib keluvchilar uchun bepul bagaj normasi oshirildi

O‘zbekiston havo yo‘llari Istanbulga ikki tomonlama aviaqatnovlar uchun ko‘proq bagaj aksiyasini eʼlon qildi. 

Maʼlum qilinishicha, 6-iyuldan 31-iyulgacha Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarda bepul bagaj normasi oshiriladi: 

  • ekonom-klassda – 50 kg gacha, 
  • biznes-klassda – 60 kg gacha.

Buxoro, Nukus, Samarqand, Urganch, Farg‘onadan Istanbulga va ortga qaytuvchi aviaqatnovlar uchun quyidagi yuk normasi qo‘llaniladi: 

  • ekonom-klassda – 40 kg gacha, 
  • biznes-klassda – 45 kg gacha.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100611 | Инструменты