Huawei 1
Jazoni ijro etish tizimida 6 ta umumtaʼlim maktablari va 4 ta kasb-hunar taʼlimi markazlari faoliyat olib bormoqda

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari o‘rinbosari Nilufar Begmatova jazoni ijro etish tizimida amalga oshirilgan ishlar tahlili yuzasidan maʼlumot berdi.

Bugungi kunda jazoni ijro etish tizimida 6 ta umumtaʼlim maktablari va 4 ta kasb-hunar taʼlimi markazlari faoliyat olib bormoqda.

Jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni muassasada ishlagan davrini umumiy mehnat stajiga qo‘shish orqali ularga kelgusida pensiya olish imkoniyati yaratildi.

Mahkumlarga surdo-tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi berildi.

Jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga nisbatan qiynoq va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi qonun doirasida belgilandi.

Birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan umumiy turar joylarni maxsus vositalar va moslamalar (pandus) bilan jihozlanishi belgilandi.

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jinsi, yoshi, sog‘lig‘ining holati, mehnat qobiliyati va iloji boricha, ixtisosligini hisobga olgan holda ishlashi belgilandi.

Mahkumlarni tuzalish yo‘liga o‘tganligini baholovchi aniq mezonlarni belgilash orqali ularga adolatli rag‘batlantirish choralari qo‘llanishi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22318 | Инструменты