Huawei 1
Saudiyaliklar Vinisius uchun «Real»ga 1 mlrd yevro to‘lashga rozi

Saudiya Arabistoni jamoalari «Real Madrid» hujumchisi Vinisius Juniorni qo‘lga kiritish uchun 1 mlrd yevro to‘lashga tayyor. Bu haqda Relevo xabar berdi.

Manba yozishicha, €1 mlrd — Saudlar uchun «pul emas».

Aslida 24 yoshli futbolchi bilan milliardlik shartnomaning imzolanishi — uzoqni ko‘zlangan reja. Vinisiusning Saudiyaga kelishi boshqa yosh va iste’dodli futbolchilarning ham Arabiston yashil maydonlariga qiziqishini oshiradi.

Arab futboli kattalari yulduzlarning yoshiga, to‘g‘rirog‘i, yoshroqlariga diqqatni jamlashmoqda, chunki Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan mundial (2034) ham hademay eshik qoqib qoladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22321 | Инструменты