Jismoniy shaxslar ko'chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlari bo'yicha daromad solig'i to'lashdan ozod etilgan
AOKAda Davlat soliq qo'mitasi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Muzaffar Nazarov ishtirokida brifing o'tkazildi.
Brifingda sohaga oid muhim savollarga javob qaytarildi.
Men noturar joyimni (bino) ijaraga berganman. Olgan daromadimdan soliq to'lardim. Hozir esa soliq xodimlari meni anchadan beri bezovta qilmayapti. Bunga sabab nimada?
2020 yil 1 iyuldan 2020 yil 31 dekabrga qadar jismoniy shaxslar ko'chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlari bo'yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i to'lashdan ozod etilgan.
Asos - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 iyuldagi PF-6029-son Farmoni
Alpha version: 0.9.1.19 build 122208 | Инструменты