Huawei 1
Jizzax shahridagi "O‘rda" bog‘ida mas'ul xodim daraxtlarni noqununiy kesib tashladi

Joriy yilning 28-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan Jizzax shahridagi "O‘rda" bog‘ida daraxt kesilishi bilan xabarlar tarqaldi. Ushbu holatga viloyat Ekologiya boshqarmasi izoh berdi.

Unga ko'ra, mazkur holat yuzasidan bog‘ hududidagi 2 tup qurigan holatdagi chinor daraxtlari Jizzax shahar bog‘larni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish departamenti brigadiri M. X. ismli fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda kesilganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi,  1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jarima chorasi belgilandi.

Shuningdek, ushbu bog‘dagi barcha masalalarga ma’sul hisoblanuvchi Jizzax shahar Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish  departamenti boshlig‘idan daraxtlarni saqlash  va o‘z  vaqtida parvarish qilish bo‘yicha kafolat xati olindi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Samarqand shahrida sog'lom archalarni kesib tashlagan MChJ tashkiloti aniqlangani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21905 | Инструменты