Huawei 1
Jizzaxda er rashki sabab ayolini pichoqladi, u alam ustida o’ziga ham pichoq sanchgan

Jizzax viloyati Arnasoy tumanida er rashk sabab avval xotinini keyin esa o‘zini pichoqladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, holat 17-mart kuni Arnasoy tumani “Oltinvodiy” mahallasida sodir bo‘lgan. Shu mahallada yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro bilan 28 yoshli turmush o‘rtog‘i o‘rtasida rashk sabab janjal kelib chiqqan. Oqibatda erkak oshxona pichog‘i bilan dastlab ayoliga, keyin esa o‘ziga jarohat yetkazgan.

Qayd etilishicha, hodisa sababli 2 nafar voyaga yetmagan farzandning onasi voqea joyida vafot etgan. Erkak esa tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111618 | Инструменты