Huawei 1
Jizzaxda harakatlanib ketayotgan Cobalt yonib ketdi

Bugun, 15-iyun kuni soat 12:50 larda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lida harakatdagi avtomobilda yong‘in chiqdi.

Qayd  etilishicha, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Cobalt” avtomashinasida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, mator va salon qismi yongan.

Yong‘in FVB tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Tergovga qadar tekshiruvni tuman FVB olib bormoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga