Huawei 1
21-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

5 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $26,7 mlrdga yetdi

Yanvar-may oylarida O‘zbekiston jahonning 186 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 26,7 mlrd AQSH dollariga yetkazgan. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar qatorida Xitoy, Rossiya va Qozog'iston kuchli uchlikdan o'rin oldi.

Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlar jadallashtiriladi

Davlat muassasasi shaklida “Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi.

Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilmoqda

Senatorlar  “Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni ma'qulladi.

Toshkent viloyatida IIB binosiga olib ketilgan aka-ukalardan biri vafot etdi

Hozirda fuqaroning o‘limi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat prokuratura organlari tomonidan nazoratga olinib, surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Markaziy bankka kiberxavfsizlikni taʼminlashga oid qo‘shimcha vakolatlar beriladi

“Kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev yana 5 yil muddatga Bosh prokuror lavozimiga tayinlandi

Senatning 53-yalpi majlisida Bosh prokuror lavozimiga yangi besh yillik muddatga Nig‘matulla Yo‘ldoshevning nomzodi ko‘rib chiqildi hamda maʼqullandi.

Internetda giyohvandlik vositalarini tarqatganlik, reklama qilganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanadi

Senatning yalpi majlisida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalarni targ‘ib yoki reklama qilishning hamda ularning qonunga xilof muomalasining oldini olishga xizmat qiladigan qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

"Do‘stlik" bog‘i hududini noqonuniy egallab olgan qurilish kompaniyasi jarimaga tortildi

"Vinera Tower" MChJ "Do‘stlik" bog‘i hududidan 606 kv metr yer maydonni noqonuniy egallab olgani aniqlandi.

Javlonbek Umarxo‘jayev Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi

U 2023-yil 9-avgustdan beri boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimida kompaniyaga rahbarlik qilayotgan edi.

Cobalt uchun shartnoma berish bir kunda tugatildi

25 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobilining 2024-yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun  boshlangan onlayn kontraktatsiya jarayoni yakuniga yetdi. 24 931 ta tuzilgan shartnomalar One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va 1 ta dan ko‘p bo‘lmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi. 69 ta shartnoma yuridik shaxslar ulushiga to‘g‘ri keldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62722 | Инструменты