Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanining Samarqand koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro oʻz xonadonida rudadan rangli metallarni ajratish uchun tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 354 million soʻmlik zarar aniqlandi.
Mazkur noqonuniy holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Namangan va Samarqandda 2,1 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20720 | Инструменты