Jizzaxda yana bir sement zavodi ish boshladi
Jizzax viloyati Zafarobod tumanida yirik sement zavodi "Huaxin Cement Jizzakh" mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo'shma korxonaning birinchi bosqichi ishga tushdi. Korxona yiliga 1,2 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Umumiy loyiha qiymati 150 million dollar bo'lgan korxona to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiya hisobiga bunyod etilgan. Pandemiya sharoitida qiyinchiliklarga qaramay ishga tushgan korxonada 300 dan ortiq yangi ish o'rni yaratildi.
Korxonada M-400 va M-500 markadagi sifatli sement mahsulotlari ishlab chiqariladi. Buning uchun korxona eng so'nggi rusumdagi energiya tejamkor, ekologiyaga ta'sir kuchi kam bo'lgan texnologiyalar bilan jihozlangan. Hozirda zavodda kuniga 2,5-3 ming tonna yarim tayyor mahsulot – klinker ishlab chiqarilmoqda. Sinov-tekshiruv davri yakunlangach zavod kuniga 5 ming tonna sifatli sement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Ushbu korxona ishga tushishi bilan viloyatda eksportyor korxonalar soni 134 taga yetdi. Ular orasida yiriklaridan biri bo'lgan Zafarobod sement zavodi hudud eksport salohiyati yuksalishiga xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122011 | Инструменты