Huawei 1
Jo‘rabek Mirzamahmudov: 200 kVtlik norma oshirish uchun emas, tahlillardan kelib chiqib kiritilgan

O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Lolazor” podkastida 200 kilovatt soatlik ijtimoiy norma oshirilishi kutilmayotganini maʼlum qildi.

"Birinchidan 200 kilovattlik norma ertaga oshirish uchun emas, tahlil qilib, meʼyorlardan va isteʼmoldan kelib chiqib, barchasini o‘rganib chiqqandan so‘ng kiritilgan. O‘shanda tahlil qilinganda isteʼmolchilarning 60 foizdan ortig‘i 200 kilovattdan kam ishlatgani maʼlum bo‘lgandi. Undan ortig‘ini ishlatsa ishlatsin, faqat tabaqalashtirilgan tarifda", — dedi u.

Vazirning aytishicha, mamlakatda elektr energiya ishlab chiqarish hajmi pasayib ketgan va bunga isteʼmol kamligi sabab bo‘lgan. Abonentlar soni oshganiga qaramay 2023-yilning mos davri bilan solishtirganda 2024-yil iyunidan sentyabrigacha oylik isteʼmol hajmi kamaygan.

Yaʼni isteʼmolchilar ijtimoiy norma va tabaqalashtirilgan tariflar kiritilganidan so‘ng elektr energiyasini tejay boshlagan.

"Kimdan so‘rasangiz “svet”imni o‘chirib yuribman, boshqa qilyapman [deyapti]", — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты