Nazarov Xurshid Aripovich Samarqandning Jomboy tumani hokimi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Xurshid Nazarov shu paytga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. Undan avval Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining viloyat filiali rahbari lavozimida ham faoliyat olib borgan.
U mazkur lavozimda 2020-yildan buyon ishlab kelayotgan Qayum Sobirov o‘rnini egalladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22619 | Инструменты