Huawei 1
Joriy yil yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda hududiy agroxizmatlar ishga tushiriladi

Bugun, 20-may kuni AOKAda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq ho‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2022-2026 yillarda amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi.

Ma'lum qilinishicha, 2022 yil yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va qolgan viloyatlarda hududiy agroxizmatlar ishga tushiriladi va shuningdek, 2023 yildan boshlab tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari negizida tuman agroxizmatlar markazlari tashkil etiladi.

Kadrlar salohiyatini oshirish uchun raqamli va geoaxborot texnologiyalari yo‘nalishlarida birinchi bosqichda 2022 yilda 1,5 mingdan ziyod mutaxassis malakasi oshiriladi va kadrlarni qayta tayyorlanadi.

Bundan tashqari, Umon sultonligining “Atyab Foodtech” kompaniyasi bilan birgalikda Toshkent va Farg‘ona viloyatlari agroxizmatlar markazida “Organic”, “Global GAP”, “Halal”, “BRC”, “BCI” talablari asosida zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43007 | Инструменты