Huawei 1
Joriy yilda Andijon shahri Boburshoh, Oltinko‘l ko‘chalarida gastronomik turizm yo‘lga qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan o'tkazayotgan yig‘ilishda viloyat tranzit salohiyatini ishga solib, savdo turizmini rivojlantirish zarurligini qayd etdi.

Joriy yilda Andijon shahri Boburshoh, Oltinko‘l ko‘chalarida gastronomik turizm yo‘lga qo‘yiladi, Andijonning Mashrab, Xo‘jaobodning Do‘stlik, Xonobodning Nurdiyor va Kelajak ovozi, Qo‘rg‘ontepaning Sohibqiron va Mustaqillikning 15 yilligi ko‘chalarida savdo va xizmatlar markazlari tashkil qilinadi.

Andijon tumanida Misr tajribasi asosida ishlab chiqarish va savdo markazini bir joyda jamlagan Zargarlik maxsus zonasi tashkil etilishi belgilandi. Andijon shahrida Davlat asillik palatasi filiali ochiladi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda tadbirkorlar 176 kilometr ortiqcha yo‘l bosib, Xo‘jaoboddagi “Do‘stlik” chegara posti orqali eksport qilishga majbur. Bu borada besh oy oldin “Xonobod” va “Mingtepa” chegara postlari ochildi. Ushbu chegara postlaridan yuk o‘tkazish yo‘lga qo‘yilganidan keyin masofa 3,5 barobargacha qisqaradi, “Do‘stlik” chegara postiga yuk avtomashinalari yuklamasi kamayadi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga “Xonobod” chegara postidan yuk o‘tkazish bo‘yicha kelishuvni yakunlash va yonida logistika markazini qurish, Uchqo‘rg‘on (Namangan) – Kentsay (Qirg‘iziston) chegara posti qurilishini tamomlab, to‘liq ishga tushirish topshirildi.

Shuningdek, Oltinko‘l, Xo‘jaobod, Shahrixon, Bo‘ston, Andijon va Asakadagi yo‘l bo‘yida xizmatlarni rivojlantirish choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92520 | Инструменты