Huawei 1
Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vaziri yoshlar bilan uchrashdi

Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev yoshlar bilan uchrashdi. 200 dan ortiq yoshlarni qamrab olgan tadbir avvalida vazir Prezident Shavkat Mirziyoyevning muhandislik bo’yicha o’tkazgan videoselektor yig’ilishiga to’xtalib o’tdi. Selektorda ko’tarilgan dolzarb masalalar xususida so’z yuritdi.

Shundan so’ng yig’ilganlar o’z savol va takliflari bilan vazirga yuzlandi. Target sohasida faoliyat yurutuvchi yoshlardan biri chet tillarini biluvchi talabalar xorijiy universitetlarda o’qish yoki ish faoliyatini amalga oshirishlari uchun ulardan malaka, ko’nikmalar talab qilinayotgani, bu borada vazirlikdan amaliy ko’mak zarurligini aytdi.

Interaktivlikka asoslangan tadbirda hududlardan kelgan yoshlar ham o’z takliflarini bildirdi.

Tadbir so’ngida tizimda faol ish olib borayotgan yoshlar vazirlikning maxsus diplom va 4 mln so’mlik pul mukofoti bilan taqdirlandilar. “Yoshlar oyligi” davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92904 | Инструменты