Huawei 1
Kasbilik yoshlarga Tataristonning Qozon shahrida ishlab, daromad topish imkoniyati yaratildi

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani yoshlariga Tataristonning Qozon shahrida ishlab, daromad topish imkoniyati yaratildi. Bu haqda tuman hokimi To‘xtamurod Meyliyev va Alabuga Start loyihasi tashkilotchilari o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumida so‘z borgan.

Tuman hokimi o‘rinbosari Temur Poyonovning bildirishicha, tomonlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi va sanoatni rivojlantirish, mehnat migratsiyasi aloqalarini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolangan.

“Memorandum imzolashdan asosiy maqsad — qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va sanoatni rivojlantirish, mehnat migratsiyasi aloqalarini yanada kuchaytirish, shuningdek, tomonlar o‘rtasida doimiy ravishda hamkorlik aloqalarini olib borishdan iborat. Shu maqsadda bugun yoshlar bilan muloqot qilib, ushbu memorandum doirasida tumandagi ishsiz yoshlarni ushbu xalqaro dastur orqali ish bilan ta’minlash ham ko‘zda tutilganini aytdik. Yoshlarda qiziqish juda kuchli”, deydi hokim o‘rinbosari.  

Kasbi tumanidagi “Yoshlar va ma’naviyat markazi”da mazkur xalqaro dasturga qiziqish bildirib, xorijda mehnat qilish istagini bildirgan yoshlar bilan uchrashuv ham tashkil etilgan. 

“Uchrashuv davomida xorijda ishlash istagini bildirgan yoshlarga bugun dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar, xorijda mehnat qilish tartib-qoidalari atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, u yerdagi ish sharoitlari va maoshlar haqida ham ma’lumot berildi”, deydi mas’ul.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91806 | Инструменты