Huawei 1
Kelgusi 25 yil ichida iqlim o‘zgarishi tufayli tipratikanlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin

Ekologlarning prognozlariga ko‘ra, tipratikan populyatsiyasi 2050-yilga borib yo‘q bo‘lib ketadi. Bu halokatli prognozga iqlim o‘zgarishi sabab bo‘ladi, deb yozadi Telegram'dagi Green Alternative.

Xabarga ko'ra, iliq va issiq qish tikanli hayvonlarning qish uyqusining buzilishiga olib keladi. Shu sababli, ular tezroq juftlashish davriga o‘tib ketishadi va birinchi tipratikan bolasi yanvar oyining oxirida tug‘iladi. Ammo mart va aprel oylarida qayta ko‘tarilgan sovuqda tipratikan bolalari nobud bo‘ladi.

Bundan tashqari, tipratikanlarning yo‘q bo‘lib ketishiga qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan pestisidlar ham ta’sir qiladi. Ular tufayli hayvonlar turli kasalliklarga ko‘proq moyil bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122208 | Инструменты