Huawei 1
Kiyim do‘konida ishchini kaltaklagan xodimning harakati sudda ko‘riladigan bo'ldi

Avvalroq, Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan Inbazar savdo markazi filialida xodim do‘konning boshqa bir vakili tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik. O‘z xodimini kaltaklagan savdo markazi vakiliga chora ko‘rildi. Bu haqda Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, holat kecha, 13 sentyabr kuni ro‘y bergan. Sergeli tumanida joylashgan savdo majmuasida ishlovchi 2001 yilda tug‘ilgan B.A. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida birga ishlovchi 2006 yilda tug‘ilgan M.T.ni qo‘li bilan urgan. Ushbu holat savdo majmuasining boshqa xodimi – 1998 yilda tug‘ilgan X.E. tomonidan videoga olingan. Biroq, fuqaro M.T. mazkur holat yuzasidan muqaddam ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan.

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik) alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudiga yuborilgan.

Ma’lumot uchun, videoda xodim savdo markazining boshqa bir vakili tomonidan kaltaklanganini ko‘rish mumkin. Oq ko‘ylakdagi xodim boshqa bir ishchini yuz va tana qismlariga urib, unga “Sen isqirtsan, bu yerda ishlashga haqqing yo‘q”, “Kiyimingni almashtirib, sur bu yerdan” deb aytgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91817 | Инструменты