Huawei 1
Ko‘p qavatli turar joy qurilishiga ruxsatnoma berilishi natijasida aholining murojaati kundan-kunga ko‘paymoqda — Qurilish vazirligi

Ko‘p qavatli uylarning qurilishiga norozilikning aksari aholi yashash uylari bilan oraliq masofa saqlanmasligi bilan bog‘liq. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.

Aytilishicha, yakka tartibdagi uy-joylar hududida qo‘shimcha ko‘p qavatli turar joylar qurilishiga ruxsatnomalar berilishi natijasida aholining murojaati kundan-kunga ko‘paymoqda. Nizoli masalalar aholi yashash uylari bilan oraliq masofa saqlanmasligi oqibatida yuzaga kelayotgan bilan bog‘liq. Bu jihatlar Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida keskin oshgan. 

Tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalarning joriy yildagi faoliyati tahlil etilganda bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangani ma’lum qilindi. Jumladan, hududiy “Arxitektura-shaharsozlik” kengashiga kiritilgan loyihalarni ko‘rib chiqish va kelishish muddatlari surunkali ravishda buzilgan.

Eng qoniqarsiz hududlar:

  • Buxoro viloyati;
  • Qashqadaryo viloyati;
  • Jizzax viloyati;
  • Toshkent viloyat;
  • Toshkent shahri.

Shuningdek, tuman (shahar) qurilish bo‘limlarining obyektning ixtisosligini o‘zgartirishga bergan ruxsatnomalari o‘rganilganda:

  • 20 ta holatda jami 280 950 metr2 noturar joy obyektlari va uning butun egallagan yer uchastkasi hamda qurilish qilinmagan bo‘sh yer uchastkalari turar joy sifatida xususiylashtirilgan;
  • 19 ta holatda 235 950 metr2 turar joy sifatida yashashga yaroqsizligiga, ruxsatnoma berish tegishli talab va shartlariga muvofiq berilmagan;
  • 1 ta holatda 45 000 metr2 qurilish qilinmagan bo‘sh yer uchastkasi yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ixtisosligi o‘zgartirib berilgan.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122118 | Инструменты