"Zato bizda "Bunyodkor" stadioni bor. Fayzimizni bersin" — Komil Allamjonov O‘zbekiston so‘z erkinligi bo‘yicha xalqaro reytingda pastlaganiga munosabat bildirdi
Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov O‘zbekiston so‘z erkinligi bo‘yicha xalqaro reytingda bir pog‘ona pastlaganiga munosabat bildirdi.
"(Har yili shu paytda O'zbekistonning so'z erkinligi reytingi oshayotganini aytib maqtanib qo'yardim). Bu yil esa ushbu sohaga MA'SUL bo'lgan barcha mutasaddilarga mashaqqatli, sermazmun, ijodiy va tinimsiz mehnatlari uchun katta "rahmat" aytmoqchiman. Baraka topinglar, hurmatlilar. Reyting-peytinga balo bormi, toje mne. Tushdi nima, ko'tarildi nima, to'g'rimi? Ota-bobong qilgan ishni qilsanglar bo'lmaydimi, deydigan odam yo'q. Choyxonalarimizdan, gap, ulfatchiliklarimizdan qo'ymasin. Zato bizda Bunyodkor stadioni bor. Fayzimizni bersin.
PS: litseyda o'qib yurgan paytlarimiz, darsda to'polon qilsak, adabiyot o'qituvchimiz Feruza opa bizga "Qancha qilma tarbiya, xo'tikla kuchukchani, it bo'lur, eshak bo'lur, aslo bo'lmas odamiy", derdilar. Negadir shu esimga tushib ketdi hozir. Nimaga ekan? (Bu, prosto, man yoddan bilgan yagonalashtirilgan parchalardan biri bo'lganidan bo'lsa kerak)" - deb yozdi Komil Allamjonov telegramda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112711 | Инструменты