Huawei 1
Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqildi.

Yalpi majlisda adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan qonun loyihasida nazarda tutilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida deputatlarga maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi bilan Fuqarolik va Soliq kodekslariga, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi bir qator qonunlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Jumladan, davlat unitar korxonasi, unitar korxona va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shakllari bekor qilinmoqda.

Shuningdek, Fuqarolik kodeksida korporativ shartnoma, konsorsium, konsorsium shartnomasi kabi institutlarning huquqiy maqomlarini belgilash, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarni tashkil etishda taʼsis shartnomasini tuzish talabini bekor qilish taklif etilmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122120 | Инструменты