Huawei 1
“Loʻlichilik” degan soʻzimdan haqorat yasamoqchi boʻlishyapti - Alisher Qodirov Rasul Kusherboyev bilan bo'lib o'tgan tortishuviga izoh berdi

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov deputat Rasul Kusherbayev bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yig'ilishida urushib ketgan edi. Bu haqida xabar bergan edik.

Ushbu "Lo'lichilik qilmang" gapi ijtimoiy tarmoqlarda ancha-muncha tanqidlarga sabab bo'ldi.

Bugun, Alisher Qodirov ushbu gaplariga rasmiy sahifasida izoh bermoqda.

"Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston qahramoni Said Ahmad “Choʻl shamollari” asarida “Komil loʻlilik qilib birovga gap bermay bidirlar, Qoʻziboy esa toʻngʻillar edi”, deganda, yoki Hamidaxon Ziyoxonova “Birinchi maktub” hikoyasida “Arzanda qiz maktabda ham loʻliligi, urushqoq va beboshligi bilan nom chiqardi” degan jumlalarni ishlatganda loʻli vatandoshlarimizni haqorat qilganmidi? Loʻlilar bu asarlarni oʻqib, oʻzlarini kamsitilgandek his qilganlariga jiddiy shubham bor", - deya o'z ishlatgan jumlasiga izoh berdi.

Shuningdek, "Har bir millatni oʻziga xos sifatlari boʻladi. Oʻzbeklarni “oʻzbekchilik” degan soʻz bilan xos sifatlarini aytish haqorat boʻlmaganidek, loʻlilarni ham ularga xos boʻlgan xususiyatlarining nomi “loʻlichilik”dir. Qachondan boshlab milliy xususiyatlar haqorat boʻlib qoldi? Bu soʻzdan millatchilik yoki milliy kamsitishni izlash uchun juda qattiq gʻazabda yoki sogʻlom aqldan ayrilgan boʻlish kerak",- demoqda qo'shimcha qilib Qodirov.

"Men uchun inson Allohning yaratgan bandasi, oliy mavjudotdir, oʻzbekmi, rusmi, qozoqmi yoki loʻli, farqi yoʻq. Insonni millatiga qarab emas, tarbiyasiga qarab munosabatda boʻlaman. Eʼtiqodimiz hatto hayvonlarga hurmat koʻrsatishni talab qiladi.

Lekin, insonlarning ichida ham ayrimlar bor doʻst boʻlging keladi, gaplashib toʻymaysan, ayrimlarni doʻst deb oʻylaysan-u, yaqinroq bilib, vijdonsizligidan qaytib yuziga qaraging kelmaydi...

Loʻli vatandoshlarni tinch qoʻying Rasul Kusherboyev, “elektron dalillar”ingizga betaraf boʻlishga roziman, lekin barcha deputatlar ham siz o’ylagandek tablodagi qizil tugmaga qarab ovoz bermaydi…", - deya fikrlarini yakunlagan Alisher Qodirov.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102512 | Инструменты