Huawei 1
Putin Shimoliy Koreya harbiylari Rossiyada ekanini tasdiqladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilk bor uning mamlakatida Shimoliy Koreya harbiylari borligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Putin tegishli savolga javob berar ekan, KXDR bilan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani eslatib o‘tdi.

Bugun, menimcha, bizning strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomamiz ratifikatsiya qilindi. Unda 4-modda mavjud. Biz Shimoliy Koreya rahbariyati kelishuvlarimizga jiddiy yondashishiga hech qachon shubha qilmagan edik. Bu modda doirasida nima va qanday yo‘l tutishimiz — bizning ishimiz, dedi u.

Putin, shuningdek, Shimoliy Koreya harbiylari Rossiya hududida ekani haqidagi ma’lumotga ham izoh berdi. Avvalroq bunga ishora qiluvchi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari paydo bo‘lgandi.

The Russian military facility at Ussuriysk, near Vladivostok, where South Korea's National Intelligence Service reported seeing North Korean military personnel gathered on the training ground, in a satellite image released by Airbus Defence and Space, October 18, 2024.

Suratlar — jiddiy masala. Agar suratlar mavjud bo‘lsa, demak, ular nimanidir aks ettiradi. E’tiboringizni shunga qaratmoqchimanki, Ukrainadagi vaziyatning keskinlashuviga Rossiyaning harakatlari emas, balki 2014-yildagi davlat to‘ntarishi sabab bo‘ldi, uni esa birinchi navbatda AQSH qo‘llab-quvvatladi, dedi Rossiya prezidenti.

Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan Rossiyaga 12 ming askar jo‘natishi mumkin va ularning bir qismi allaqachon Uzoq Sharqdagi bazalarga yetib borgan. Ular ehtimol Ukraina bilan urushga jo‘natilishi mumkin, shimoliy koreyalik raketa ofitserlari esa allaqachon urushda qatnashayotgani aytilgandi. Biroq Shimoliy Koreya o‘z askarlarini  urushda ishtirok etish uchun Rossiyaga yuborgani haqidagi ma’lumotni “asossiz mish-mishlar” deb atagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102514 | Инструменты