Huawei 1
Shaxmat: hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova AQSH vitse-chempioni bo‘ldi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Sent-Luis shahrida umumiy mukofot jamg‘armasi 152 000 dollarni tashkil qilgan shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida yakuniga yetgan mamlakat chempionatida hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova (2374) 11 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, kumush medalni qo‘lga kiritish barobarida 30 ming AQSH dollariga ega chiqdi.

Shiddatli kechgan bahsda amerikalik Karissa Yip (2418) 8,5 ochko bilan AQSHning 2024 yilgi chempioni,  Alise Li (2395) 7 ochko bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Aytish lozim, okean orti mamlakatida munosib natijaga erishgan Gulruhbegim Tohirjonova AQSH vitse-chempioni bo‘lish barobarida ayollar o‘rtasidagi jahon kubogida qatnashish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqada FIDE reytingida 4-o‘rinda borayotgan Fabiano Karuana AQSH chempionligiga erishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102514 | Инструменты