Joriy yilning 11-dekabr kuni Madaniy meros agentligi direktori Bahodir Abdikarimov va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakolatxonasi direktori Shin Myung Seop hamda Agentlik va vakolatxona mas’ul xodimlari ishtirokida loyihani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur umumiy qiymati 8,49 mln. AQSH dollari bo‘lgan “O‘zbekistonda madaniy merosni raqamli integratsiyalashgan boshqaruvi va undan foydalanish” nomli loyiha 2025-2028-yillar oralig'ida O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi, Koreya Respublikasi ekspertlar guruhi hamda KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu loyiha orqali:
— madaniy merosni boshqarish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli master-reja yaratish;
— madaniy meros obyektlarining raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish;
— obyektlarni boshqarish uchun platforma yaratish;
— mutaxassislar malakasini oshirish;
— uskunalarni xarid qilish;
— va madaniy meros bo‘yicha raqamli sayyohlik mazmuniga ega ma’lumotlarni yaratishga erishiladi.
Ikki tomonlama imzolangan shartnoma kelgusida mamlakatlar o‘rtasidagi yaqin do‘stlik va sherikchilik aloqalarini yanada mustahkamlashga yordam berishi ta’kidlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121219 | Инструменты