Huawei 1
Onkologik kasalliklar davosi bo'yicha reklama joylashtirgan "Marva Hayat" MCHJga nisbatan chora ko'rildi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bugungi kunda turli xil biologik faol qo‘shimchalar, dori-darmonlar va mahsulotlarning reklamalari joylashtirilmoqda. Holat yuzasidan Raqobat qo'mitasi xabar berdi.

Xususan, “Marva Hayat” MCHJ tomonidan joylashtirilgan reklamalarida onkologik kasalliklarni davolashi va ularni to‘xtatishi hamda 5 mingdan ortiq davo topganlar va 15 yildan buyon isteʼmol qilinayotganligi kabi maʼlumotlar ham qayd etilgan.

Qo‘mita so‘rovi bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bergan xulosaga asosan “HALILA” BFQ mahsulotining qo‘llash yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan maʼlumotlar ijtimoiy tarmoqlarda reklamalarda qayd etilgan xususiyatlari bilan mos emasligi maʼlum qilingan.

Yuqoridagilarga asosan, Qo‘mita “Marva Hayat” MCHJga nisbatan Qonun talablari buzilish yuzasidan BHMning 70 barobari miqdorida moliyaviy jarima qo‘llab, yetkazilgan zararlarni (52 mln 500 ming so‘m) isteʼmolchilarga qayta hisob-kitob qilishi yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121221 | Инструменты