Huawei 1
YTTB O'zbekistondagi loyihalari portfeleni kengaytirishga tayyor

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB)ning Markaziy Osiyo va Mongoliya mintaqasi bo'yicha boshqaruvchi direktori Xuseyn Ozxan bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muloqot davomida O'zbekiston va YTTB o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, bank tomonidan ilgari moliyalashtirilmagan yo'nalishlarga mablag'larni jalb qilish, respublikadagi tadbirkorlik subyektlari va ushbu moliyaviy institut o'rtasida yaqin aloqalarni o'rnatish masalalari ko'rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida O'zbekistondagi xususiy sektorini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning ko'lamini kengaytirish, yangilanadigan manbalar orqali respublikaning energetik barqarorligini ta'minlash, respublika miqyosida yuqori ahamiyatga ega bo'lgan infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirilishini moliyalashtirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarni moliyalashtirish to'g'risida kelishib olindi.

O'zbekiston 1992-yilda YTTBga a'zo bo'lgan. Bank 32 yil mobaynida O'zbekistonda umumiy qiymati 5 milliard 153 million yevro teng bo'lgan 170 loyihani moliyalashtirdi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan loyihalarning 52 foizi xususiy sektor hissasiga to'g'ri keladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121220 | Инструменты