Shavkat Mirziyoyev to‘qimachilik va charm sanoatidagi islohotlar natijadorligini yanada oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Yanvar-noyabr oylarida to‘qimachilik eksporti 2,6 milliard dollarni tashkil qildi. Sohadagi imkoniyatlar hisobiga buni oshirish mumkinligi ta’kidlandi.
Tadqiqot: O‘zbekistonda aksariyat kishilar sovg‘a berishni korrupsiya emas, minnatdorlik deb biladi
Jamoatchilik korrupsiya haqida xabar berishga qay darajada tayyor ekanini baholashga qaratilgan tadqiqot o‘tkazildi. Pora olish (88,4 foiz) va pora berish (68,4 foiz) ko‘pchilik tomonidan qoralanadi, ammo yaxshi xizmat uchun kichik sovg‘alar odatiydek qabul qilinadi. 12 foiz respondent korrupsiya haqida xabar berishni salbiy holat deb hisoblaydi.
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning "Hurmatli el yoshullisi" unvoni bilan taqdirlandi
Turkmaniston prezidenti farmonida Komilovning milliy an’analarni rivojlantirish, yosh avlodni tarbiyalash, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirishdagi xizmatlari alohida qayd etilgan.
Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlariga narxlarni nazorat qilib borishni topshirdi
Raqobat qo‘mitasi savdo tarmoqlari vakillari bilan Yangi yil bayrami arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
Ota-onalardan darsliklar ijarasi uchun qo‘shimcha to‘lov undirish rejalashtirilmagan — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Vazirlikning ma'lum qilishicha, 2025-yil uchun davlat budjeti doirasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini beradi.
O‘zbekiston milliy avtosport va karting federatsiyasi Xalqaro motosport federatsiyasi aʼzosi bo‘ldi
Ispaniyada o‘tgan Xalqaro motosport federatsiyasi(FIM)ning Bosh assambleyasida O‘zbekiston milliy avtosport va karting federatsiyasi FIM aʼzosi bo‘lgani eʼlon qilindi.
“A” yo‘lak uchun jarima: taksichilar qay tartibda ishlaydi?
“A” yo‘lak, yaʼni jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Noqonuniy sunʼiy to‘siqlar o‘rnatish, yo‘llarni to‘sib qo‘yish holatlariga javobgarlik belgilanmoqda
Qonun loyihasi bilan aholi tomonidan noqonuniy ravishda yo‘lning qatnov qismiga to‘siqlar o‘rnatish yoki yo‘llarni to‘sib qo‘yish, transport vositalari va fuqarolarning harakatiga to‘sqinlik qilish holatlariga chek qo‘yish uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmoqda.
Maktablarda qishki ta’til vaqti e’lon qilindi
O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til 29-dekabrdan boshlanadi. Ta’tildan so‘ng darslar 13-yanvardan davom etadi.
O‘zbekistonda o‘ziga kredit ajratilishiga taqiqni joriy etish rejalashtirilmoqda
Qonun loyihasi bilan jismoniy shaxs o‘zining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimini rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish maqsadida kredit byurosiga ariza kiritish orqali u bilan kredit bitimini tuzishni taqiqlashi mumkin bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121221 | Инструменты