Avvalroq, Qashqadaryodagi universitet hududida yigit sevgan qizini pichoqlagani va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar qilgan edik.
Maʼlum qilinishicha, holat joriy yilning 22 iyun kuni soat 08:30 atrofida fuqaro M.E. Qarshi davlat universiteti talabasi fuqaro S.T. bilan universitet hududida o‘zaro janjallashib, S.T.ning tanasini turli sohalariga o‘zi bilan olib kelgan pichoqni 8 marotaba sanchib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng, fuqaro M.E. o‘zining qorin bo‘shlig‘iga pichoq sanchib, o‘ziga-o‘zi tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan sud ishi JIB Qarshi shahar sudida ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Zamon” dasturi xabar qildi.
Sud hukmiga ko‘ra, JKning 59-moddasiga asosan, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan sudlanuvchi yigitga nisbatan 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121220 | Инструменты