Huawei 1
Madaniyat vaziri yoshlar bilan uchrashuv o’tkazdi

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan iyun oyi davomida “Yoshlar oyligi” tashkil etilmoqda. Oylik doirasida bo’layotgan tadbirlarga 4 mlndan yoshlar qamrab olindi. Ular ishtirokida  vazirlar, hokimlar va boshqa mutasaddilar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. 22-iyun kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 250 ga yaqin yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazib, ularning takliflarini tingladi. 

Uchrashuv avvalida Ozodbek Nazarbekov  vazirlik tizimida  so’nggi 6 yil ichida amalga oshirilgan ishlar haqida qisqacha to’xtaldi va kelgusi rejalarni tuzishda yoshlardan beriladigan takliflar muhim ekanini ta’kidladi. Tadbirga yig’ilganlar orasida talaygina yoshlar o’z savol va takliflari bilan murojaat qildi. Tizim uchun kerakli bo’lgan takliflarni batafsil loyihalashtirish uchun topshiriqlar berildi. 

Uchrashuvda madaniyat va san’at sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan yoshlar chet el tajribasini o’rganish uchun chet davlatlarga yuborilishi bo’yicha ham taklif berildi. Vazir bu taklifni qo’llab-quvvatladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92904 | Инструменты