Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘konini reklama qilganiga munosabat bildirdi

Avvalroq, Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi reklama roligi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlangani haqida xabar bergan edik.

Ushbu holat yuzasidan Madaniyat vazirligi izoh berdi.

Qayd etilishicha, Ozodbek Nazarbekov “The Voice of Uzbekistan” loyihasi hakamlar hayʼati aʼzosi sifatida “Kingsman Uzbekistan” kiyimlar doʻkoniga tashrif buyurib, loyihaning navbatdagi sonini tasvirga olish jarayonida qatnashish uchun loyiha imijmeykerlari bilan birgalikda libos tanlagan.

Libos tanlash jarayonida lavhada aytib oʻtilganidek, Ozodbek Nazarbekov milliy brend rivoji uchun oʻzining shaxsiy fikrlarini bildirib, tavsiya berib oʻtgan. Bu orqali mamlakatimizda yaratib berilgan qulay biznes muhiti tufayli faoliyatini samarali yoʻlga qoʻygan, xorijnikidan aslo qolishmaydigan sifatli mahsulotlar tayyorlashga intilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash nazarda tutilgan.

Yaʼni, bundan Ozodbek Nazarbekovning hech qanday moddiy manfaatdorligi yoki reklama orqali naf olish maqsadi koʻzlanmagan.

"Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri, qolaversa, Oʻzbekiston xalq artisti va davlat xizmatchisi sifatida Oʻzbekiston Respublikasining barcha qonunlarini hurmat qiladi va ularga qatʼiy rioya etadi.

Shu oʻrinda, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikdan holatga xolisona baho berishlarini, jarayonni nooʻrin ayblovlar bilan yoritmasliklarini soʻrab qolamiz", - deyiladi xabarda

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70812 | Инструменты