O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida o‘tgan 2024 yil davomida 12 nafar mansabdor ishdan olindi. Bu haqda bugun, 15 yanvar kuni Madaniyat vazirining matbuot kotibi Sirojiddin O‘sarov birifingda ma’lum qildi.
Bildirilishicha, 2024 yilda Madaniyat vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida davlat xaridlariga oid qonunbuzilishi holatlari yuzasidan jami 10 ta xizmat tekshiruvlari o‘tkazib, Mehnat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq 19 ta holatda mutasaddi xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llanilgan.
Shuningdek, qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etmagan 12 nafar mas’ul rahbar hamda mansabdor shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi, 20 nafariga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11701 | Инструменты