Huawei 1
Majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha daʼvolar davlat bojidan ozod etiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar tomonidan sug‘urta qildiruvchilarni majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha kelib chiqqan nizolarda davlat bojidan ozod etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi

Ushbu qonun loyihasi bilan, sug‘urta qildiruvchilarni majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar bo‘yicha davlat bojini to‘lashdan ozod etish orqali ularga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, qonunning 8- va 9-moddalari sug‘urta qildiruvchilar (sug‘urtalangan shaxs, naf oluvchi, jabrlanuvchi) majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha kelib chiqqan nizolarda davlat bojidan ozod etilishini nazarda tutuvchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.

Majlisda deputatlar tomonidan mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi iste’molchilarining majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta xodisalarida kelib chiqqan nizolar yuzasidan sudga da’vo arizalari kiritganda davlat bojidan ozod qilinishiga sabab bo‘lishi qayd etildi.

 Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91915 | Инструменты