Huawei 1
Maktab o‘quvchilari mini sunʼiy yo‘ldoshning sinov parvozlarini amalga oshirdi

“O‘zbekkosmos” agentligi Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi "Yangi hayot" aerodromida kosmik texnologiyalar va injiniringga ishtiyoqi baland maktab o‘quvchilari uchun CanSat tipidagi sunʼiy yo‘ldoshlarning sinov parvozlarini o‘tkazdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha xorijiy hamkorlar, shuningdek, NazarX markazi va Sehriyo maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

100 dan ortiq yosh ishtirokchi o‘zining mini-sputniklarini ishlab chiqdi. Dronlar yordamida modullar 200 va 500 metr balandlikka ko‘tarildi, u yerda balandlik, harorat, bosim va inklinometriya haqidagi maʼlumotlar qayd etildi.

"Ushbu texnologik yutuqlar orqali ishtirokchilarning kosmik tadqiqotlarga ilk qadamlari qo‘yildi", — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan pnevma-gidro raketalarning uchiruv tanlovi ham bo‘lib o‘tdi. "Yoshlarning o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan raketalari osmon uzra ko‘tarilib, ularning ilm-fanga bo‘lgan ishtiyoqini yana-da yuksaklarga olib chiqdi", — taʼkidlanadi “O‘zbekkosmos” xabarida.

CanSat loyihasi yoshlarning ilmiy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni aerokosmik sohaga jalb qilishning yangi yo‘llarini ochish platformasiga aylandi, deya taʼkidladi agentlik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111518 | Инструменты